11/01/2023

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 - yil 1 - dekabr holatiga ko‘ra 9 763 tani tashkil etib, ulardan 9 496 tasi yoki 97,3 % faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda faoliyat ko‘rsatayotganlari 1 716 taga yoki 22,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

5

Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Mirobod – 1 593 ta (umumiy miqdoridagi ulushi 16,8 %), Yakkasaroy – 1 502 ta (15,8 %), Mirzo Ulug‘bek – 1 295 ta (13,6 %) hamda Yunusobod tumanlarida 1 141 tani (12,0 %) tashkil etgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng kam qismi Yangihayot 143 tani (1,5 %), Bektemir 202 ta (2,1 %), hamda Uchtepa – 331 ta (3,5 %) tashkil etgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech