Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov hamda Yunusobod tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Muzaffarov ishtirokida Yunusobod dehqon bozorida 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvlari o‘tkazildi. Unda bozordagi mahsulotlarning joriy kundagi minimal, maksimal va oʻrtacha narxlari oʻrganildi va ularning shaffofligi kuzatildi. Narxlarni planshetlarga kiritish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati