2022- yilning yanvar-noyabrda jami 4,8 mln. nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Shundan, 0-18 yoshdagilar 593,4 ming, 19-30 yoshdagilar 1146,2 ming, 31-55 yoshdagilar 2234,9 ming, 56 yosh va undan kattalar esa 848,1 ming nafarni tashkil etadi.
Xorijga turistik maqsadlarda safarga chiqqanlar orasida eng yuqori ulush 46,3 % bilan 31-55 yoshdagilarga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati