19/01/2023

Joriy yilning 19- yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari S.Annazarov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘lim boshlig‘i M.Djalilova tomonidan Olmazor tumani “Olimpiya” va "Yoshlik" MFYni faollari uchun uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda mahalla faollarining o‘rni katta ekanligi, tanlovga tushgan xonadon egalari haqidagi ma’lumotlarni olishda hududiy statistika organlari xodimlariga yaqindan yordam va hamkorlikda ish olib borishi haqida tushuntirish berdi.

 

83

8

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech