24/01/2023

O’zbekistonda 2023-yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 527 222 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 523 556 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 106 071 ta

Toshkent viloyatida – 49 145 ta

Samarqand viloyatida – 47 943 ta

Farg‘ona viloyatida – 46 350 ta

Andijon viloyatida – 39 038 ta

Qashqadaryo viloyatida – 36 421 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 182 198 ta

sanoat sohasida – 97 911 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 53 199 ta

qurilish sohasida – 46 637 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 36 645 ta

9

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech