Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022 yil yakunlari bo‘yicha “1- kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.
Ushbu on-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir bo‘limi va undagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha savollaringizga atroflicha javob beriladi.
On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali (https://us06web.zoom.us/j/83560629347?pwd=TmVsVmEvVzgrdUw5eWd1VkVCUkhSQT09) 2023 yilning 16 yanvaridan 27 fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023 yilning 27 fevral sanasida yakunlanadi.
On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!
(https://us06web.zoom.us/j/83560629347?pwd=TmVsVmEvVzgrdUw5eWd1VkVCUkhSQT09)Zoom ID: 835 6062 9347
Kirish kodi: 663805
Axborot xizmati