Joriy yilning 27-yanvar kuni Xalqaro press klubda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament rolini oshirish: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida koʻrsatuv tashkil etildi. Unda Oliy Majlis senati aʼzolari hamda yurtimizdagi turli vazirlik va idora vakillari ishtirok etdi.
Koʻrsatuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ziyayev Zoxidjan Muratovich ham ishtirok etdi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishishni monitoringini yuritishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi timonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Axborot xizmati