Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 11 785,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 93,4 % ni tashkil qilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 36,9 % ni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Yangihayot tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 50,6 %), Yunusobod tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 47,2 %i), Uchtepa tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 45,3 %i), Bektemir tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 44,9 %i) ga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati