Toshkent shahrida 2022 - yil yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi axborot va aloqa sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 133,4 % ni tashkil etdi. Shuningdek, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi 129,8 %, qurilish sohasi 124,9 %, savdo sohasi 124,8 %, ta’lim sohasi 124,0 %, tashish va saqlash sohasi 122,5 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 121,0 % hamda sanoat sohasi 116,3 % ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
Axborot xizmati