2022- yil yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish hissasiga to‘g‘ri keldi. Jami bajarilgan qurilish ishlarining 68,6 % i yoki 89 695,5 mlrd. so‘m aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, turar-joy va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha bajarildi.