27/01/2023

Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va  boshqarmaning lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumoti tinglandi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3413, 13.01.2023 y.), O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining pochta indekslarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, (ro‘yxat raqami 3414, 13.01.2023 y.) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani qabul qilish to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi PQ-13-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2023 yil 23 yanvardagi PQ-16-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil
25 yanvardagi PQ-18-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son Farmoni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.

15

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech