13/02/2023

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev rahbarligida aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan videoaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Unda  “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov ishtirok etdi. Yig‘ilishda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini izchilik bilan davom ettirishish, mahalla fuqarolar yig‘ini xaritalaridagi o‘zgartirishlar, joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarni sifatli tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida mazkur jarayonning mazmun va mohiyatini yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hududiy ishchi guruhlarining hisobotlari tinglanmoqda.

71

7

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech