Joriy yilning 13- fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Annazarov va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi intervyuyeri D. Hamidova tomonidan Olmazor tumani “Chig‘atoy Darboza” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Aytish lozimki, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati