Joriy yilning 14- fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi boshlig‘i M.Djalilova hamda intervyuyer Sh. Sodiqova tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” MFYda kuzatuv o‘tkazildi. Mazkur kuzatuvda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashib, kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati