Toshkent shahrida hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 38,9 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 36,3 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Olmazor tumanida (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 65,7 %),Yangihayot (59,5 %),Yunusobod (54,0 %) hamda Yakkasaroy (47,0 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati