Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 269,1 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,4 %ga koʻpaydi. Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, otlar umumiy sonining 70,9 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 23,2 %i – fermer xoʻjaliklari, 5,9 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda
Axborot xizmati