2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 6 446,1 ming nafarni tashkil etdi. Shundan, 10–11- sinf o‘quvchilari 831,5 ming nafarni yoki jamiga nisbatan 12,9 % ni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021/2022- o‘quv yili bilan taqqoslaganda 10,1 ming nafarga ko‘paydi.
Hududlar bo‘yicha 10–11- sinf o‘quvchilari soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 44,8 ming nafar
Andijon viloyati - 70,4 ming nafar
Buxoro viloyati - 46,6 ming nafar
Jizzax viloyati - 36,2 ming nafar
Qashqadaryo viloyati - 90,6 ming nafar
Navoiy viloyati - 24,3 ming nafar
Namangan viloyati - 61,1 ming nafar
Samarqand viloyati - 98,0 ming nafar
Surxondaryo viloyati - 70,3 ming nafar
Sirdaryo viloyati - 20,0 ming nafar
Toshkent viloyati - 61,2 ming nafar
Farg‘ona viloyati - 86,1 ming nafar
Xorazm viloyati - 50,5 ming nafar
Toshkent shahri - 71,4 ming nafar
Axborot xizmati