Joriy yiling 20- fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov hamda boshqarma hodimlari tomonidan Yunusobod tumanida INI (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat kuzatuvi o‘tkazildi. Unda mahsulotlarning joriy kundagi minimal, maksimal va oʻrtacha narxlari oʻrganildi va ularning shaffofligi kuzatildi. Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati