2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Toshkent shahrida 56,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 27,5 trln. so‘mni va jami shaharda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 48,5 % ini tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 24,6 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 43,4 %) hamda boshqa xarajatlar 4,6 trln. so‘mni (8,1 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati