Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2023 - yil 1 - fevral holatiga ko‘ra 10 163 tani tashkil etib, ulardan 9 548 tasi yoki 93,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda faoliyat ko‘rsatayotganlari 1603 taga yoki 20,2 foizga oshganligini ko‘rish mumkin. 2023 - yilning yanvar oyida 147 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Axbot xizmati