Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.
Ushbu on-line muloqotlarda “1- KB” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati