2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 49 886,4 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 60,8 % ini tashkil etib. 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 5,2 % ga kamayganligi kuzatildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Uchtepa tumani (6822,1 mlrd. so‘m), Yunusobod (5667,9 mlrd. so‘m), Chilonzor 5566,6 mlrd. so‘m), Bektemir (4537,5 mlrd. so‘m), Shayxontohur (5476,5 mlrd. so‘m), Yakkasaroy (5336,7 mlrd. so‘m) va Yashnobod (3531,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati