O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019- yil 13 -dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 7-fevral sanasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi - Mustaqillik Qomusi sari qo‘yilgan huquqiy qadamlar haqida o‘rganish va muhokama qilish...! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratilishi va Mustaqillik Qomusi sari qo‘yilgan xuquqiy qadamlar xaqida ma’ruza qildi.
30 yil – tarix uchun bir lahza, lekin, shu qisqa davrda O’zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi va tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta, bijiz emas. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Axborot xizmati