Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 10 fevraldagi
PF-21-son Farmoni mazmun-mohiyatini o‘rganish! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbir haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 10 fevraldagi PF-21-son Farmoni mazmun-mohiyatini o‘rganish...! mavzusida maruza qildi.
Xususan, Farmon bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’ektlarini quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratish to‘g‘risidagi quyidagi taklifi ma’qullansin:
- a) kichik tadbirkorlik sub’ektlari:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar — ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
kichik korxonalar — jami daromadi kalendar yil davomida
1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
- b) o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
- v) yirik tadbirkorlik sub’ektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari.
Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Axborot xizmati