Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 13 fevraldagi PQ–54-son qarori mazmun-mohiyatini o‘rganish...! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbir haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 13 fevraldagi PQ–54-son qarori mazmun-mohiyatini o‘rganish...! mavzusida maruza qildi.
Xususan, qaror bilan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan O’zenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanishi;
davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar mazkur qarorga muvofiq O’zenergoinspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashishi shartligi;
O’zenergoinspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabiga ko‘ra bepul taqdim etilishi;
O‘zenergoinspeksiya tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini behuda sarflash, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash borasida davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmasligi;
O‘zenergoinspeksiya xodimlari xizmat guvohnomalari bo‘lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molchilarning yoqilg‘i-energiya resurslarini hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini yozib olish va ularning holati, ulanish sxemalari va qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish uchun hisobga olish uskunalari, sxemalari hamda qurilmalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rishga haqli ekanligi;
O‘zenergoinspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari o‘rnatilishini nazorat qiladi va belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borishi belgilandi.
Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.
Axborot xizmati