Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumoti tinglandi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 16fevraldagi
PQ–57-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil
16 fevraldagi PQ–59-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2023 yil 22 fevraldagi
PQ–65-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 27 fevraldagi PQ–74-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 16 fevraldagi PF–24-son Farmoni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.
Tadbir so‘nggida xodimlarining 2023 yilning 1 fevralidan 28 fevraligacha Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) kiritilgan yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi fikrlari tinglandi.
Axborot xizmati