06/03/2023

Avval habar berganimizdek, Statistika agentligi delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika komissiyasining 54-sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiya doirasida delegatsiya BMT Statistika departamenti direktori Stefan Shvaynfest, Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) statistika qo‘mitasi direktori Reychl Biven, MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi (K.E.Laykam), Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va o‘quv markazi (SESRIC) direktori (Nebil Dabur), YuNISEF Bosh ofisi rahbariyati (Mark Xerevard va Attila Xandjioglu) bilan uchrashildi.31-bega

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech