07/03/2023

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023- yil 1- fevral holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 6 239 tani tashkil etib, 2022- yil 1 – fevral holatiga nisbatan 133 taga oshgan va o‘sish sur’ati 102,2 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 35 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 6 204 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar oyida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 7,0 % ni tashkil etib, 371,0 mlrd. so‘mga yetdi. 2022- yilning mos davriga nisbatan 92,3 % ga kamaydi. Bunda savdo aylanmasining 54,0 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.5-ovqat

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech