28/02/2023

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov  ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-817-son qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Seminarda bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda boshqarma boshlig‘i L.Mirsoatov, bo‘lim boshliqlari Sh.Norkulov va S.Annazarov o‘zlarini fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 41-yurist

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech