09/03/2023

Joriy yilning 9-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov  ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Seminarda bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda boshqarma boshlig‘i L.Mirsoatov, bo‘lim boshliqlari Sh.Norkulov va S.Annazarov o‘zlarini fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 51yur

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech