11/03/2023

2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 495 696 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,  shundan xususiy korxonalar soni 72 790 tani tashkil qildi (ulushi 14,7 foiz). Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Qashqadaryo viloyati – 9 559 ta

Toshkent shahri – 8 848 ta

Farg‘ona viloyati – 8 520 ta

Samarqand viloyati – 6 485 ta

Surxondaryo viloyati – 5 891 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 31 397 ta

sanoat sohasida – 12 041 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 994 ta

qurilish sohasida – 5 038 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 684 ta15-reg

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech