2023-yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11 485,3 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda 2022--yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 %ni tashkil etdi. Oʻtgan yili ushbu koʻrsatkich 125,6 %ga toʻgʻri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar egallaydi. 2023- yil yanvar oyida bu xizmatlarning ulushi 34,9%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar savdo xizmatlari (21,6 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (10,3%) va transport xizmatlari (9,2 %), da qayd etildi.
Axborot xizmati