24/03/2023

2023- yilning yanvar-fevral oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 571,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 60,7 % ni tashkil qilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 13,8 % ni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Chilonzor tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 38,9 %i), Yangihayot tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 31,0 %i), Shayxontohur tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 30,3 %i), Yakkasaroy tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 24,2 %) ga to‘g‘ri keldi.8-qurilish-gfd

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech