Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov hamda Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi muhandisi G‘. Rasulov tomonidan “Favqulotda vaziyatlarda to‘g‘ri xarakat qilish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov favqulotda vaziyat nima, uning kelib chiqishi, favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelgan oqibatlarda to‘g‘ri harakat qilish kerakligini xodimlarga batafsil tushuntirdi.
Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi muhandisi G‘. Rasulov zilzila yuzaga kelganda binodagi xodimlarni evakuasiya qilish, ko‘chada harakatlanish, jihozlarni joylashtirish usullari, hovli joylarda yashaydiganlar uchun va favqulotda vaziyatlarda nima qilish lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati