2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yil 27- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.
Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi 4-7 bosqichlari: Statistika ma’lumotlarini yigish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Axborot xizmati