Joriy yilning 11-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi Qonuni yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini boshqarma tarmoq bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Unda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi qonunning maqsadi Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘zlandi.
Axborot xizmati