13/02/2023

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasining  birinchi orinbosari Sh.Norkulov sozga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida koruppsiyaviy xavf-xatarni bartaraf etish mexanizimlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son Qarori yuzasidan  va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 06-iyuldagi  PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha  chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

            “Davlat boshqaruvi sohasida koruppsiyaviy xavf-xatarni bartaraf etish mexanizimlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son Qarori yuzasidan Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilayotgani  haqida so‘zlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqan Sh.Norkulovning ta’kidlashicha: ushbu Qonun bilan  Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelishi xaqida takidlab o‘tildi.2-kar

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech