30/03/2023

Joriy yilning 29-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda 2022-yil yakunlariga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida toʻplangan barcha koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar eʼlon qilindi.
Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholandi. Samaradorlik koʻrsatkichlari 71 balldan 100 ballgacha toʻplaganlar - “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha boʻlganlar - “sariq” va 55 balldan past koʻrsatkich qayd etganlar - “qizil” toifalarga kiritildi.
“Ochiqlik indeksi”ni baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan boʻlib, uning natijasiga koʻra, 15 ta davlat organining ochiqlikni taʼminlash faoliyati “yashil” (71-100 ball), 44 tasi “sariq” (55-71 ball) va 27 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichlari bilan baholangan.
Eng yuqori samaradorlik koʻrsatkichlari Statistika agentligi (89 ball), Bojxona qoʻmitasi (88 ball), Toshkent viloyat hokimli (83 ball), Xorazm viloyat hokimligi (79 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (79 ball) tomonidan qayd etilgan.
Tadbir yakunida esa, ochiqlikni taʼminlashda eng yuqori samaradorlik koʻrsatgan davlat organlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlari hamda sohani yoritishda alohida faollik koʻrsatgan jurnalistlardan bir guruhi tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
2022-yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksining yakuniy natijalari keng jamoatchilik uchun index.anticorruption.uz plaftformasiga ochiq joylashtirildi.2
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash GSpeech