Joriy yilning 10- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 30- mart – 6- aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida “Multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-bosqichi (MIKK-7)” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda Agentlikning Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Dilshodbek Qirg‘izov, ushbu boshqarmaning bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Olga Aleshunina hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shaxboz Samadov xalqaro seminarda o‘zlashtirgan bilim va tajribalari bo‘yicha taqdimot qilishdi.
Taqdimot jarayonida maʼruzachilar “Multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-bosqichi (MIKK-7)” mavzusidagi seminar natijalari, MIKK xalqaro metodologiyadan foydalangan holda bolalar va ayollar farovonligi bo‘yicha maʼlumotlar yig‘ishning yangi usullari, MIKK-7 so‘rovnomalariga kiritilgan asosiy savolnomalar va ularning modullari haqida ma‘lumotlar berishdi.
Taqdimotchilar ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.