Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30-dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta'minlash yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Davlat statistika Qo'mitasi lokal tarmog'idan Qonun xujjatlari ma'lumotlari milliy bazasiga (LexUz-huquqiy izlash tizimi(www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiyhujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog'iga joylashtirish hamda matbuotda e'lonqilingan qonunlarni doimiy o'rganishni tashkil etish bo'yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma'lumot berildi.
Yig'ilishda boshqarmaning bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi.
Axborot xizmati