17/04/2023

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.photo2023-04-1713-27-24

Tadbirda Statistika agentligi Markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

photo2023-04-1713-27-25

Davra suhbatida Agentlikning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich investitsiyalar va qurilish statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritdi.

photo2023-04-1713-27-26

photo2023-04-1713-27-27

Shuningdek, tadbirda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

photo2023-04-1713-27-28

photo2023-04-1713-27-29

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

photo2023-04-1713-27-30

photo2023-04-1713-27-32

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech