18/04/2023

O’zbekistonda 2023- yilning 1- aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 82 237 ta

Toshkent viloyatida – 38 665 ta

Samarqand viloyatida – 37 862 ta

Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta

Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta

Andijon viloyatida – 27 230  ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 151 761 ta

sanoat sohasida – 74 713 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 426 ta

qurilish sohasida – 34 772 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta

photo2023-04-1815-17-34

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech