18/04/2023

2023- yilning 12–13- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Rossiya statistika Assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan “Hukumat qarorlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida MDH statistik hamjamiyatini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

photo_1

Ushbu xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston hamda Oʻzbekistonning statistika idoralari vakillari, tadqiqot hamjamiyatlari xodimlaridan iborat mutaxassislar qatnashdi.

photo_2photo_3

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktorining o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Turayev Botir Eshboyevich hamda Agentlikning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Zafar Mamasaidovich ishtirok etishdi.

photo_4

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining statistika hamjamiyatini birlashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishni o‘z ichiga olishdan iborat.

photo_5

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirish borasida ham o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo_6-2

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech