18/04/2023

Joriy yilning 18- aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari S.Annazarov, Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi intervyuyeri Z. Toshmatova bilan birgalikda Yunusobod tumani "Mirzo Ulug'bek” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdi. Uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

mirzo-uligbek-mfy

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech