01/05/2023

Joriy yilning 1-may kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati, Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari qatnashdi.
Mazkur yig‘ilishni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov ochib berib, hududiy statistika bo‘lim xodimlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023-yil I chorak yakunlarida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Jamolov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida,Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.2

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech