2023- yilning yanvar-martida Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 37 291,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 5,3% ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlariga nisbatan 115,7 % ni tashkil qildi.