Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 2 million 978 ming 200 kishini tashkil etmoqda. Shundan erkaklar soni 1million 460ming 800 kishini, ayollar soni 1million 517ming 400 kishini tashkil etdi.
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2023 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 397,1 ming kishini tashkil etadi Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 369,5 ming kishi .
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 128,6 kishi va Bektemir tumanida – 56,8 ming kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati