08/05/2023

Joriy yilning 8-may kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 9 -may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov barcha yeg‘ilganlarni kelayotgan ayyom bilan qutlab, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlashni ta’kidlab o‘tdi.12-xotira
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash GSpeech