12/05/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi boshligʻi Chigireva Irina Gennadyevna hamda Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshligʻi Botir Irgashev tarkibiy oʻzgarishlar va inklyuziv rivojlanish jarayonida ichki savdo statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi.5-bel-semenar

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech