23/05/2023

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 72,0 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yil yanvar-aprel oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 12,8 % punktga ko‘paydi.

Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 111,5 % ni tashkil etgan holda 7 171,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Mirzo Ulug‘bek tumanida (1 200,1 mlrd. so‘m yoki ulushi 16,7 %), Yunusobod tumanida 1 015,8 mlrd. so‘m yoki ulushi 14,2 %) va Yashnobod tumanida (921,0 mlrd. so‘m yoki ulushi 12,8 %) ga to‘g‘ri keldi34-quril-tosh

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech